Biznesni 15 daqiqada boshlash imkoniyati
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yanada soddalashmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili joriy etiladi.
Endilikda ro‘yxatdan o‘tish bilan bir vaqtda quyidagi 7 ta xizmatdan masofaviy va tezkor tarzda foydalanish mumkin bo‘ladi:
– elektron raqamli imzo kalitini berish;
– bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
– ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
– ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
– QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
– onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
– yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni YAMMT IDAKda hisobga qo‘yish.
Bu islohotlar tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratiyani kamaytirish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.