16-Dekabr, 2025-yil

«Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili keng targʻib qilinmoqda

 

Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida Adliya boshqarmasi hamda Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

 

Ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-sonli Farmonida belgilangan, tadbirkorlik subyektlari uchun katta imkoniyatlar yaratuvchi «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyilining mazmun-mohiyatini keng yoyishga qaratildi.

 

Suhbatlar davomida mazkur tamoyil orqali biznesni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida ortiqcha byurokratik tartib-taomillar qisqartirilgani, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilgani hamda xizmatlarning tezkorligi taʼminlangani alohida qayd etildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение