
Qashqadaryo
va Namangan viloyatlarida Adliya boshqarmasi hamda Biznes-ombudsman devoni xodimlari
tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun tushuntirish va targʻibot tadbirlari
oʻtkazildi.

Ushbu
tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi
PF-214-sonli Farmonida belgilangan, tadbirkorlik subyektlari uchun katta
imkoniyatlar yaratuvchi «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyilining
mazmun-mohiyatini keng yoyishga qaratildi.

Suhbatlar
davomida mazkur tamoyil orqali biznesni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida
ortiqcha byurokratik tartib-taomillar qisqartirilgani, hujjatlarni
rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilgani hamda xizmatlarning tezkorligi
taʼminlangani alohida qayd etildi.

Tadbir
yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha
javoblar olishdi.