March 6, 2026

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida zaryadlash stansiyalarining tarmoqdan uzilishi hamda bekatlarda joylashgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Biznes-ombudsman quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Amaldagi qonunchilikka koratadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toxtatib qoyish yoki ularga tegishli bolgan mulkdan foydalanishni cheklash faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibdazarur hollarda esa faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi lozim.

 

Har qanday inventarizatsiya yoki tartibga solish choralari tadbirkorlarning huquqlarini kamsitmasligi, ularga zarar yetkazmasligi hamda oldindan xabardor qilingan holda, muvofiqlashtirish uchun yetarli vaqt berilgan tartibda o‘tkazilishi zarur. Tadbirkorning mulkini asossiz tarzda tarmoqdan uzish yoki buzish holatlari biznes yuritish kafolatlarining buzilishi deb baholanadi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Vakolatli organlar tomonidan asossiz xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda, Biznes-ombudsman tomonidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilishi ma’lum qilinadi.

 

Hurmatli, tadbirkorlar, agar Sizning ham faoliyatingizda shu kabi holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, Biznes-ombudsmanning 1100 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение