6 марта 2026 г.

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida zaryadlash stansiyalarining tarmoqdan uzilishi hamda bekatlarda joylashgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Biznes-ombudsman quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Amaldagi qonunchilikka kora, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toxtatib qoyish yoki ularga tegishli bolgan mulkdan foydalanishni cheklash faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda, zarur hollarda esa faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi lozim.

 

Har qanday inventarizatsiya yoki tartibga solish choralari tadbirkorlarning huquqlarini kamsitmasligi, ularga zarar yetkazmasligi hamda oldindan xabardor qilingan holda, muvofiqlashtirish uchun yetarli vaqt berilgan tartibda o‘tkazilishi zarur. Tadbirkorning mulkini asossiz tarzda tarmoqdan uzish yoki buzish holatlari biznes yuritish kafolatlarining buzilishi deb baholanadi.

 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Vakolatli organlar tomonidan asossiz xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda, Biznes-ombudsman tomonidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilishi ma’lum qilinadi.

 

Hurmatli, tadbirkorlar, agar Sizning ham faoliyatingizda shu kabi holatlar kuzatilayotgan bo‘lsa, Biznes-ombudsmanning 1100 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Шавкат Мирзиёв

Президент Республики Узбекистан

«Предпринимательское движение в Узбекистане стало необратимой силой. Чем богаче будут наши предприниматели, тем обеспеченнее будет жить наш народ, тем могущественнее будет наше государство. Успех предпринимателя — это успех всего нашего народа»

Text to speech
Звуковое сопровождение