March 6, 2026

Biznes-ombudsman devonda faoliyat yuritayotgan ayollarni bayram bilan tabrikladi


Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan devonda faoliyat yuritayotgan ayollarni samimiy tabrikladi.


Tadbir davomida soha rivojida ayollarning o‘rni alohida e’tirof etildi.


Ta’kidlanganidek, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishdek mas’uliyatli vazifada xotin-qizlarning bilim va tajribasi, sabr-toqati hamda fidoyiligi muhim ahamiyatga ega.


Bayram arafasida quvonchli voqea yuz berdi: Biznes-ombudsman devoni xodimi Gayipova Gulnara Amanovna «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Vakil ushbu mukofotni topshirib, G.Amanovnaning ko‘p yillik samarali mehnati va soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida e’tirof etdi.



Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение