March 4, 2026

Tadbirkorni asossiz jarimaga tortgan tekshiruvchilarning o‘zlari jarimaga tortildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi “S.M.” MChJ rahbari o‘z huquqlarini himoya qilishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

 

Aniqlanishicha, Taxiatosh tuman soliq inspeksiyasi o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektiga nisbatan 10 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llagan.

 

O‘rganishlar natijasida tekshirishning belgilangan tartiblari hamda qaror qabul qilishda Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021 yildagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Xususan, tekshirish dalolatnomasi jamiyat rahbari yoki vakillari ishtirokisiz tuzilgan, tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilmagan, tekshiruvga xolis guvohlar jalb etilmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori bilan ularga BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi soliq organining qarorini haqiqiy emas deb topdi.

 

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение