
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida faoliyat yurituvchi “S.M.” MChJ rahbari o‘z huquqlarini himoya qilishni
so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha,
Taxiatosh tuman soliq inspeksiyasi o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasiga
ko‘ra, tadbirkorlik subyektiga nisbatan 10 mln so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llagan.
O‘rganishlar
natijasida tekshirishning belgilangan tartiblari hamda qaror qabul qilishda Vazirlar
Mahkamasining 07.01.2021 yildagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini
tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari buzilganligi ma’lum
bo‘ldi.
Xususan, tekshirish
dalolatnomasi jamiyat rahbari yoki vakillari ishtirokisiz tuzilgan, tekshirishlarni
ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilmagan, tekshiruvga xolis guvohlar jalb etilmagan.
Mazkur holat
yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslariga
nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori bilan ularga BHMning
20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, Nukus tumanlararo ma’muriy
sudi soliq organining qarorini haqiqiy emas deb topdi.