Feb. 23, 2026

Rasmiy munosabat

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlarni signalizatsiya o‘rnatish hamda qo‘riqlash xizmati yuzasidan shartnoma tuzishga majburlash holatlari aks etgan xabarlar yuzasidan Biznes-ombudsman quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 930-sonli qarori 4-bandiga jismoniy shaxslarga va tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlar qonunchilik hujjatlarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.

 

Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga asosan, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori bilan tasdiqlangan “Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar” Konsepsiyasida bozorlar, savdo markazlari, avtoshohbekatlar, metroning aholi gavjum bo‘lgan bekatlari va istirohat bog‘lari, restoranlar, kafe, bar va boshqa ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, bo‘sh turgan xonadonlar uchun qo‘riqlash xizmatidan foydalanish majburiy etib belgilanishi ko‘rsatilgan.

 

G‘ozg‘on shahrida tadbirkorlarga majburiy signalizatsiya va qo‘riqlov xizmati bo‘yicha shartnoma tuzishga majburlanayotganligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olinib, tadbirkorning murojaatiga asosan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida tadbirkorga qonunchilikda majburiyat sifatida belgilanmagan muqaddam o‘rnatilgan signalizatsiya moslamalari qaytarib olinishi, tadbirkor oldidagi qo‘riqlov xizmati uchun to‘lov to‘lash majburiyati bekor qilinishi ta’minlandi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение