Feb. 23, 2026

Andijonda davlat va tadbirkorar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

“Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–63-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.

 

Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:

 

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va to‘liq modernizatsiya qilish;

 

viloyatning shahar va tumanlari, shu jumladan, Andijon viloyati Andijon tumani Yangi Andijon (Bobur) shaharchasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;

 

investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

 

Shuningdek, davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi  “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.

 

Viloyat infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Andijon viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi deb qayta nomlanadi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение