“Andijon viloyatida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–63-son, 16.02.2026-y.) qabul qilindi.
Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib
quyidagilar belgilandi:
muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlarini kengaytirish va to‘liq modernizatsiya qilish;
viloyatning
shahar va tumanlari, shu jumladan, Andijon viloyati Andijon tumani Yangi Andijon
(Bobur) shaharchasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash;
investorlar
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek,
davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi “Andijon Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati
tashkil etiladi.
Viloyat infratuzilmasini
rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Andijon viloyati
hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Andijon
viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi deb qayta nomlanadi.