Feb. 9, 2026

Tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘luvchi ayrim normalar tartibga solindi

Qonun (O‘RQ–1117-son, 05.02.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilandi.

 

Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkinligi belgilandi. Ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi belgilangan edi.

 

Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi. Ilgari ushbu Qonunda mazkur soliq BHMning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение