Qonun (O‘RQ–1117-son, 05.02.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan
o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining
foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron
onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilandi.
Iqtisodiy
protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya
(ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan
muddatga to‘xtatib turilishi mumkinligi belgilandi. Ilgari mazkur
litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib
turilishi belgilangan edi.
Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga
kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning
kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashi
belgilandi. Ilgari ushbu
Qonunda mazkur soliq BHMning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan
edi.