Feb. 3, 2026

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jadallashtiriladi

  “2026–2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–35-son, 30.01.2026-y.) qabul qilindi.  

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027-yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:  

 

Yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga o‘sishini ta’minlash;  

 

2026-yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambag‘allik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.  

 

Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlarni yangilash belgilandi.  

 

Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.  

 

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylarni qurish belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение