“2026–2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–35-son, 30.01.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027-yillarda barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi,
jumladan:
Yalpi hududiy mahsulot hajmi yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab
chiqarish hajmi 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmi 13,2 foizga hamda qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 4,6 foizga o‘sishini ta’minlash;
2026-yilda ishsizlik darajasini
3 foizga va kambag‘allik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof
Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini
kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish.
Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va
tokzorlarni yangilash belgilandi.
Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida
40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari
tashkil etiladi.
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer
maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta
ko‘p qavatli uylarni qurish belgilandi.