
Biznes-ombudsman devoni tomonidan hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida viloyat darajasidagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Biznes-ombudsman bosh inspektori A.Boltayev qatnashgan tadbirda 20 dan ortiq biznes vakillari o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Natijada yer, qurilishga ruxsatnoma va imtiyozli kredit masalalariga oid murojaatlarning 5 tasi joyida hal etildi, qolgan 10 tasi esa o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati prokuraturasi xodimlari uchun videokonferensaloqa shaklida o‘quv soati tashkil etildi.

Biznes-ombudsman bosh inspektori A.Baxramov Prezidentning PQ-374-sonli qarori talablari, xususan, tekshiruvlarni muvofiqlashtirishning yangi tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.