
Biznes-ombudsman
devoni tomonidan hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va sohaga oid
qonunchilik ijrosini ta’minlash borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xorazm
viloyati Yangibozor tumanida viloyat darajasidagi mutasaddi tashkilotlar
rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Biznes-ombudsman bosh inspektori A.Boltayev qatnashgan tadbirda 20 dan ortiq
biznes vakillari o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Natijada
yer, qurilishga ruxsatnoma va imtiyozli kredit masalalariga oid murojaatlarning
5 tasi joyida hal etildi, qolgan 10 tasi esa o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Shu bilan
birga, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini
olish maqsadida Surxondaryo viloyati prokuraturasi xodimlari uchun
videokonferensaloqa shaklida o‘quv soati tashkil etildi.

Biznes-ombudsman bosh inspektori A.Baxramov Prezidentning
PQ-374-sonli qarori talablari, xususan, tekshiruvlarni muvofiqlashtirishning
yangi tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.