Jan. 29, 2026

Biznesni noqonuniy aralashuvlardan himoya qilish – iqtisodiy islohotlarning bosh mezoni


Bugun, 29-yanvar kuni Toshkentda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini oldini olish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.


Tadbirda Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari, shuningdek, davlat organlari vakillari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati va ilmiy-tadqiqot doiralari vakillari ishtirok etmoqda.


Mazkur konferensiya tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan ortiqcha tartibga solinishidan xoli holda erkin va mustaqil amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan almashishga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение