Jan. 23, 2026

«Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasiga xususiy sektor subyektlarini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamada

Maqsad – Respublika iste’molchilariga suyultirilgan uglevodorod gaz (SUG)ni yetkazib berish tizimiga xususiy sektor subyektlarini jalb etish, sohada monopoliyani bosqichma-bosqich bekor qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda samarali boshqaruv tizimini yaratish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarining suyultirilgan gazga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish hamda mavjud infratuzilma va resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

 

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab respublika hududlarida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonlari hududdagi iste’molchilarning umumiy sonini inobatga olgan holda xususiy operatorlarga ishonchli boshqaruvga berilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Havola orqali o‘tib, ushbu loyiha yuzasidan o‘z mulohazalaringizni bildiring.

https://regulation.adliya.uz/project/8612/23540?contentLang=oz

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение