Maqsad – Respublika iste’molchilariga suyultirilgan uglevodorod gaz (SUG)ni yetkazib berish tizimiga xususiy sektor subyektlarini jalb etish, sohada monopoliyani bosqichma-bosqich bekor qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda samarali boshqaruv tizimini yaratish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarining suyultirilgan gazga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish hamda mavjud infratuzilma va resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab respublika hududlarida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonlari hududdagi iste’molchilarning umumiy sonini inobatga olgan holda xususiy operatorlarga ishonchli boshqaruvga berilishi ko‘zda tutilmoqda.
Havola orqali o‘tib, ushbu loyiha yuzasidan o‘z mulohazalaringizni bildiring.
https://regulation.adliya.uz/project/8612/23540?contentLang=oz