Jan. 22, 2026

Biznes-ombudsman Samarqandda: muammolar joyida, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz o‘rganilmoqda


Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Samarqand viloyatida tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy holatini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.


Bu galgi manzillarda ham yirik sanoat korxonalari, ham xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari bilan bevosita muloqot qilindi.


 Samarqand shahridagi “AZIA METAL PROF” qo‘shma korxonasining faoliyati alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Bu yerda qiymati 585,6 mln dollarni tashkil etuvchi metall o‘ramlarni ishlab chiqarish loyihasi 9 bosqichda amalga oshirilmoqda. Loyihaning o‘ziga xosligi – 227,4 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgani va yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilayotganidadir.


 Viloyatning drayver korxonalaridan biri – “SAG” MCHJda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tadbirkorning takliflari tinglandi.


Biznes-ombudsman har bir murojaat va taklif yuzasidan soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berib, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlash asosiy vazifa ekanini ta’kidladi.



Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение