Jan. 13, 2026

“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi

“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 12.01.2026-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, umumiy maydoni 2 396 gektar bo‘lgan “Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi (Turistik zona) tashkil etiladi.

 

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

 

Farg‘ona tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obyektga aylantirish uchun zarur infratuzilma yaratiladi va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda malina bog‘lari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil qilinadi.

 

2026–2027-yillarda Yozyovon tumani Markaziy Farg‘ona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini tashkil qilish orqali ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Farg‘ona tumani “Sanoat” va “Hosilot” MFY hududlarida xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini tashkil qilish, muzlatkichlar va chuqur qayta ishlash tsexlarini qurish orqali agroturizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение