“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 12.01.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga
ko‘ra, umumiy maydoni 2 396 gektar bo‘lgan “Farg‘ona” turistik-rekreatsion
zonasi (Turistik zona) tashkil etiladi.
Turistik
zona faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30
yilga tashkil qilinadi.
Farg‘ona
tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obyektga aylantirish
uchun zarur infratuzilma yaratiladi va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan
holda malina bog‘lari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat
ko‘rsatish obyektlari tashkil qilinadi.
2026–2027-yillarda
Yozyovon tumani Markaziy Farg‘ona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm
xizmatlarini tashkil qilish orqali ish o‘rinlari yaratiladi.
Farg‘ona tumani “Sanoat” va “Hosilot” MFY hududlarida
xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini
tashkil qilish, muzlatkichlar va chuqur qayta ishlash tsexlarini qurish orqali
agroturizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.