Dec. 20, 2025

Yillik sarhisob. 140 ta tadbirkorlik subyektiga nisbatan imtiyoz qo‘llanilishi ta’minlandi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

 

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoniga muvofiq, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilingan.

 

Biroq o‘tkazilgan tahlillar Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 140 ta korxonaga nisbatan mazkur imtiyoz qo‘llanilmasdan, ulardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov undirib kelinganligini ko‘rsatdi.

 

Mazkur holat yuzasidan Vakil devoni tomonidan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli xulosa kiritildi.

 

Natijada:

 

140 ta tadbirkorlik subyektiga nisbatan imtiyoz qo‘llanilishi ta’minlandi;

 

noqonuniy hisoblangan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobdan chiqarildi;

 

oldindan to‘lov undirish amaliyoti to‘liq to‘xtatildi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение