Biznes-ombudsman devoni tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlarning qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoniga muvofiq, to‘qimachilik va
tikuv-trikotaj yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun elektr
energiyasi iste’moli bo‘yicha bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilingan.
Biroq o‘tkazilgan tahlillar Namangan viloyatida faoliyat
ko‘rsatayotgan 140 ta korxonaga nisbatan mazkur imtiyoz qo‘llanilmasdan,
ulardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov undirib kelinganligini
ko‘rsatdi.
Mazkur holat yuzasidan Vakil devoni tomonidan
tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan
tegishli xulosa kiritildi.
Natijada:
140 ta tadbirkorlik subyektiga nisbatan imtiyoz
qo‘llanilishi ta’minlandi;
noqonuniy
hisoblangan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobdan chiqarildi;
oldindan
to‘lov undirish amaliyoti to‘liq to‘xtatildi.