Dec. 17, 2025

Yillik sarhisob.Fermerlarga ortiqcha hisoblangan suv solig‘i o‘rganildi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda Soliq kodeksining 442-moddasiga ko‘ra, kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslariga suv solig'i hisoblanmaydi.

 

Sirdaryo viloyatida mazkur sohadagi mavjud holat o'rganilib, quyidagilar aniqlandi:

 

«Suv yetkazib berish xizmati» DM tomonidan 25 mingga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga 1558 mln m³ suv yetkazib berilgan. Shu bilan birga, viloyatda jami 303 ta fermer xo‘jaligi oqar suv ta’minoti mavjud emasligi sababli to‘liq kollektorlardan suv bilan ta’minlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 736-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan Suv xo‘jaligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilishi kerak.

 

Biroq, yuqorida qayd qilingan qonunchilik talablari inobatga olinmasdan, 124 ta to‘liq kollektorlar orqali suv oladigan fermer xo‘jaliklariga (Xovos, Sayxunobod, Sardoba, Guliston, Mirzobod, Boyovut va Oqoltin tumanlarida) jami 594 mln so‘m suv solig'i asossiz hisoblangan.

 

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlar manfaatida qo'llanilgan ta'sir choralari natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, ortiqcha to‘langan mablag‘larning tadbirkorlar bank hisob raqamlariga qaytarish choralari ko`rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение