Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda Soliq kodeksining 442-moddasiga ko‘ra, kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslariga suv solig'i hisoblanmaydi.
Sirdaryo
viloyatida mazkur sohadagi mavjud holat o'rganilib, quyidagilar aniqlandi:
«Suv
yetkazib berish xizmati» DM tomonidan 25 mingga yaqin qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga 1558 mln m³ suv yetkazib
berilgan. Shu bilan birga, viloyatda jami 303 ta fermer xo‘jaligi oqar suv
ta’minoti mavjud emasligi sababli to‘liq kollektorlardan suv bilan
ta’minlanadi.
Vazirlar
Mahkamasining 736-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan
Suv xo‘jaligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining hududiy bo‘linmalari
tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilishi kerak.
Biroq,
yuqorida qayd qilingan qonunchilik talablari inobatga olinmasdan, 124 ta to‘liq
kollektorlar orqali suv oladigan fermer xo‘jaliklariga (Xovos, Sayxunobod,
Sardoba, Guliston, Mirzobod, Boyovut va Oqoltin tumanlarida) jami 594 mln so‘m
suv solig'i asossiz hisoblangan.
Biznes-ombudsman
devoni tomonidan tadbirkorlar manfaatida qo'llanilgan ta'sir choralari
natijasida yuzaga kelgan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, ortiqcha
to‘langan mablag‘larning tadbirkorlar bank hisob raqamlariga qaytarish
choralari ko`rilmoqda.