Dec. 9, 2025

Paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (771-son, 06.12.2025 y.) bilan “Qishloq xoʻjaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

 

Ushbu nizom paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln soʻmdan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

 

Nizom talablari 2026 yil 1 yanvarga (spot shartnomalari uchun 2026 yil 1 aprelga) qadar 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun tatbiq etiladi.

 

Paxta xomashyosi yetishtiruvchi subsidiya olish uchun oʻzi yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismga boʻlib sotishidan qatʼi nazar, 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega.

 

Paxta xomashyosi yetishtiruvchi “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasida shaxsiy kabinet ochish orqali subsidiya olish toʻgʻrisida ariza beradi.

 

Agroportalda shakllantirilgan subsidiya ajratiladigan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxati har oyning 10-sanasida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yuboriladi.

 

Tijorat banki paxta xomashyosi yetishtiruvchiga ajratilgan subsidiyani 3 bank ish kuni ichida uning 23410 hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение