Hukumat qarori (771-son, 06.12.2025 y.) bilan “Qishloq xoʻjaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan paxta xomashyosi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Ushbu nizom paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq
xoʻjaligi subyektlariga 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali sotilgan har
bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln soʻmdan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari 2026 yil 1 yanvarga (spot shartnomalari
uchun 2026 yil 1 aprelga) qadar 2025 yil hosilidan birja savdolari orqali
sotilgan paxta xomashyosi uchun tatbiq etiladi.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi subsidiya olish uchun oʻzi
yetishtirib sotgan mahsulotni 1 marta yoki bir necha qismga boʻlib sotishidan
qatʼi nazar, 1 marotaba murojaat qilish huquqiga ega.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchi “Raqamli qishloq xoʻjaligi”
yagona integratsiyalashuv platformasida shaxsiy kabinet ochish orqali subsidiya
olish toʻgʻrisida ariza beradi.
Agroportalda shakllantirilgan subsidiya ajratiladigan paxta
xomashyosi yetishtiruvchilar roʻyxati har oyning 10-sanasida Qishloq
xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yuboriladi.
Tijorat banki paxta xomashyosi yetishtiruvchiga ajratilgan
subsidiyani 3 bank ish kuni ichida uning 23410 hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.