“Tadbirkorlik faoliyatining asoslari va kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun muhokamaga qo‘yildi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati asoslari va kafolatlarini belgilashdan, tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun loyihasi muhokamasi 19-dekabrgacha davom etadi: https://regulation.adliya.uz/project/7552/21650?contentLang=oz