“Tadbirkorlik faoliyatining asoslari va kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun muhokamaga qo‘yildi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari jismoniy va yuridik
shaxslarning tadbirkorlik faoliyati asoslari va kafolatlarini belgilashdan,
tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi
uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini
oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini
muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar
o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat qilish Tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun
loyihasi muhokamasi 19-dekabrgacha davom etadi:
https://regulation.adliya.uz/project/7552/21650?contentLang=oz