Nov. 25, 2025

Press-tur: OAV xodimlari Navoiydagi bir nechta korxonalar faoliyati bilan tanishdilar

 

Bugun, 25-noyabr – Biznes-ombudsman devoni OAV vakillari uchun Navoiy viloyatida "Tadbirkorlar huquqlari va biznes imkoniyatlari" mavzusidagi press-turni tashkil etdi.

 

Press-tur doirasida jurnalistlar uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda Biznes-ombudsman institutining tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilishdagi muhim roli va uning faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

Press-tur doirasida Navoiyda qurilish, qishloq xoʻjaligi, transport, asalarichilik va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Press-tur doirasida OAV xodimlari Navoiy viloyatdagi bir qator yirik tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.

 

Ilk manzil – “TURKISH-LAB” MChJ. 2024 yilda faoliyatini boshlagan korxona tibbiy xizmat koʻrsatadi, qon tahlili boʻyicha laboratoriyaga ega.

 

Soʻngra tadbir ishtirokchilari navbatdagi manzil sari yoʻl oldilar. Ular 2006 yilda alyuminiy profillari ishlab chiqarishni boshlagan “AKFA EXTRUSIONS” MChJ faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxonada yiliga xalqaro standartlarga javob beruvchi 50 ming tonna alyuminiy profillari ishlab chiqariladi.

 

Mazkur mahsulotlar Rossiya, AQSh, Polsha, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinadi. Hozirgi kunda korxonada 300 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan.

 

«Zarafshon golden group» MChJ press-turning soʻnggi manziliga aylandi. 2018 yil Karmana tumanida tashkil etilgan korxona bugungi kunda koʻp tarmoqli, qurilish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Qishloq xoʻjaligi sohasida korxona tomonidan Yevropa standartlari asosida zamonaviy issiqxona tashkil etilib, yetishtirilgan gullar va ularning urugʻlari, meva-sabzavotlar va ularning nihollari koʻplab xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Korxonada umumiy 2 000 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan.



Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение