Nov. 22, 2025

Agro-tadbirkorlar diqqatiga! Qo‘llab-quvvatlash faqat raqamli tizim orqali beriladi

“Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi.

 

Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

 

agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,

 

oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028 yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.

 

Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi.

 

Agentlik:

 

qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

 

qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtiradi.

 

2026 yil 1 yanvardan:

 

mazkur Farmonda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;

 

qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение