“Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi.
Quyidagilar
mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
agrar
sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va
vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,
oziq-ovqat
va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish
orqali ularning sonini 2028 yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.
Farmonga
ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi
tashkil etiladi.
Agentlik:
qo‘llab-quvvatlash
choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qo‘llab-quvvatlash
choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib
chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq
raqamlashtiradi.
2026 yil 1
yanvardan:
mazkur
Farmonda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga
oshiriladi;
qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus
hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.