Nov. 20, 2025

Turizm sohasi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

«Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.

 

2026-yil 1-fevraldan boshlab chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish ularning xohishiga koʻra naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin;

 

2026-yil 1-martdan boshlab Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan:

 

turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi;

 

mehmonxonalarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda nazarda tutilgan xalqaro e'tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

 

2026-yil 1-apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalariining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi;

 

2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu qarorga 5-ilovada nazarda tutilgan tartibga rioya qilgan holda:

 

turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi;

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;

 

turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qatʼi nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi;

 

2030-yil 1-yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining top-50 talik reytingiga kiruvchi brendni jalb qilgan holda brend bilan dastlabki kelishuvlarga ega mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik subyektlari mehmonxonani qurish va jihozlashda mazkur brendning talabiga muvofiq olib keladigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va inventarlar uchun bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi.

Shavkat Mirziyoyev

President of the Republic of Uzbekistan

"The entrepreneurial movement in Uzbekistan has become an irreversible force. The richer our entrepreneurs are, the more prosperous our people will live, the more powerful our state will be. The success of an entrepreneur is the success of our entire nation."

Text to speech
Звуковое сопровождение