«Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
2026-yil
1-fevraldan boshlab chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan
qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish ularning xohishiga koʻra naqd pul
shaklida amalga oshirilishi mumkin;
2026-yil
1-martdan boshlab Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda –
Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan:
turistik
startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga
joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp
boʻlmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar
ajratiladi;
mehmonxonalarning
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatda nazarda tutilgan xalqaro
e'tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarining 50
foizi qoplab beriladi;
2026-yil
1-apreldan boshlab xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil
qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik
subyektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan toʻlangan
qoʻshilgan qiymat soligʻi summalariining 50 foizini qaytarish tartibi joriy
etiladi;
2027-yil
1-yanvarga qadar ushbu qarorga 5-ilovada nazarda tutilgan tartibga rioya qilgan
holda:
turizm
sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va
mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi;
Qoraqalpogʻiston
Respublikasida roʻyxatga olinib, litsenziyaga ega boʻlgan turoperatorlarga,
istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4
litrdan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega transport vositalari
import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yigʻimini amaldagi
stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat
etiladi;
turizm
sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va
mikroavtobuslarning sonidan qatʼi nazar, ularga bitta sertifikat berishga
ruxsat etiladi;
2030-yil 1-yanvarga qadar “Brand Finance” kompaniyasining
top-50 talik reytingiga kiruvchi brendni jalb qilgan holda brend bilan
dastlabki kelishuvlarga ega mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik
subyektlari mehmonxonani qurish va jihozlashda mazkur brendning talabiga
muvofiq olib keladigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va
inventarlar uchun bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi.