16-Mart, 2026-yil

Tadbirkorlar manfaatlari – jamoatchilik e’tiborida


Biznes muhitini yaxshilash va islohotlar samaradorligini oshirishda jamoatchilik nazorati muhim ahamiyatga ega.


Shu maqsadda, bugun, 16-mart kuni Biznes-ombudsman huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Biznes-ombudsman Abdumannop Buriev so‘zga chiqib, Kengashning 2026-yil birinchi yarim yilligi uchun ish rejasi, tadbirkorlarni qiynayotgan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha Vakil devoni tomonidan ishlab chiqilayotgan takliflarga to‘xtalib o‘tdi.


Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarida biznes vakillarining manfaatlarini aks ettirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.


Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan “Madad” NNT ijrochi direktori Saidov Shokir Kamalovich Jamoatchilik kengashi raisi, “O‘zbekiston eksportchilari” uyushmasi raisi Malikov Yorqin Erkinjonovich esa rais o‘rinbosari etib saylandi. 


Eslatib o‘tamiz, Jamoatchilik kengashi tarkibi va faoliyati haqidagi ma’lumotlar Biznes-ombudsman devoni saytida e’lon qilingan. (https://biznesombudsman.uz/uz/menu/PublicCouncil/)

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение