13-Mart, 2026-yil

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda auksion orqali sanoat zonalaridan yer olgan tadbirkorlardan qishloq xo‘jaligi nobudgarchiliklarini qoplash talab qilinayotgani yuzasidan Biznes-ombudsman quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

So‘nggi yillarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari bo‘yicha qarorlarda, auksion shartlarida va investitsiya bitimlarida nobudgarchiliklarni qoplash majburiyati ko‘zda tutilmagan. Biroq bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan sanoat zonalaridagi 192 nafar tadbirkorga 61 mlrd so‘mlik nobudgarchilik to‘lovlari hisoblanib, ularni undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Yer kodeksining 28-moddasiga auksion orqali yer olganda nobudgarchilikni to‘lash majburiyati faqat 2025-yil 5-maydagi (O‘RQ-1062-son) Qonun bilan kiritilgan. Ungacha bo‘lgan davrda bunday norma mavjud bo‘lmagan.

 

 «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, davlat organi tadbirkorda ma’lum ishonch uyg‘otgan bo‘lsa (masalan, qo‘shimcha to‘lovlarsiz yer berish), keyinchalik qoidalarni tadbirkor zarariga o‘zgartirishi mumkin emas.

 

Misol uchun, Qashqadaryoda «E.R.A.M.M» MChJdan 206 mln so‘m undirish haqidagi sud qarori Biznes-ombudsmanning kassatsiya shikoyati asosida bekor qilindi.

 

Biznes-ombudsman tomonidan sanoat zonalaridagi tadbirkorlarni ushbu to‘lovlardan ozod qilish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgani ma’lum qilinadi.

 

Shu sababli, tadbirkorlik subyektlarini shunday holatlar bo‘yicha Biznes- ombudsmanga murojaat qilishga, davlat organlarini esa ishonchning himoya qilinishi prinsipiga rioya qilishga chaqiramiz.

 

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение