Ijtimoiy tarmoqlarda auksion orqali sanoat zonalaridan yer olgan tadbirkorlardan qishloq xo‘jaligi nobudgarchiliklarini qoplash talab qilinayotgani yuzasidan Biznes-ombudsman quyidagilarni ma’lum qiladi.
So‘nggi yillarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari bo‘yicha
qarorlarda, auksion shartlarida va investitsiya bitimlarida nobudgarchiliklarni
qoplash majburiyati ko‘zda tutilmagan. Biroq bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
tomonidan sanoat zonalaridagi 192 nafar tadbirkorga 61 mlrd so‘mlik nobudgarchilik
to‘lovlari hisoblanib, ularni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Yer kodeksining
28-moddasiga auksion orqali yer olganda nobudgarchilikni to‘lash majburiyati faqat
2025-yil 5-maydagi (O‘RQ-1062-son) Qonun bilan kiritilgan. Ungacha bo‘lgan davrda
bunday norma mavjud bo‘lmagan.
«Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi Qonunning
16-moddasiga ko‘ra, davlat organi tadbirkorda ma’lum ishonch uyg‘otgan bo‘lsa (masalan,
qo‘shimcha to‘lovlarsiz yer berish), keyinchalik qoidalarni tadbirkor zarariga o‘zgartirishi
mumkin emas.
Misol uchun,
Qashqadaryoda «E.R.A.M.M» MChJdan 206 mln so‘m undirish haqidagi sud qarori Biznes-ombudsmanning
kassatsiya shikoyati asosida bekor qilindi.
Biznes-ombudsman
tomonidan sanoat zonalaridagi tadbirkorlarni ushbu to‘lovlardan ozod qilish bo‘yicha
qaror loyihasi ishlab chiqilgani ma’lum qilinadi.
Shu
sababli, tadbirkorlik subyektlarini shunday holatlar bo‘yicha Biznes-
ombudsmanga murojaat qilishga, davlat organlarini esa ishonchning himoya qilinishi
prinsipiga rioya qilishga chaqiramiz.