11-Mart, 2026-yil

Tekshiruvlarni mobil ilova orqali kuzatish imkoniyati yaratildi

 

Endilikda siz faoliyatingizdagi tekshiruvlarni  doimiy kuzatib bormoqchi bo‘lsangiz “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin

 

Nima uchun ushbu ilova har bir tadbirkorning telefonida bo‘lishi kerak?

* Faoliyatingizda tekshiruv tayinlangani haqida ma’lumotlarni birinchilardan bo‘lib bilib olasiz.

* Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olingan har bir tekshiruv tizimda aks etadi.

* Shaxsiy kabinetda faqat sizning faoliyatingizga tegishli bo‘lgan nazorat turlari saralangan holda ko‘rinadi.

* “Mening ma’lumotlarim” bo‘limi orqali o‘z korxonangizga oid barcha bazaviy ma’lumotlarni kuzatib borasiz.

 

Ilovadan foydalanish uchun:

 

1. Avval govcontrol.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://www.youtube.com/watch?v=HLwTJL79Gvw)

 

2. Ilovani yuklab olish: Qurilmangiz turiga qarab quyidagi havolalar orqali ilovani o‘rnating:

 

App Store (iOS) (https://apps.apple.com/uz/app/govcontrol-uz/id1630070272)

 

Google Play (Android) (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bo.govcontroluz)

 

3. Saytda yaratilgan login va parol yordamida mobil ilovadan to‘liq foydalanishingiz mumkin.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение