Endilikda
siz faoliyatingizdagi tekshiruvlarni
doimiy kuzatib bormoqchi bo‘lsangiz “Yagona davlat nazorati” axborot
tizimining mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin
Nima uchun
ushbu ilova har bir tadbirkorning telefonida bo‘lishi kerak?
* Faoliyatingizda tekshiruv tayinlangani haqida ma’lumotlarni
birinchilardan bo‘lib bilib olasiz.
* Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga
olingan har bir tekshiruv tizimda aks etadi.
* Shaxsiy kabinetda faqat sizning
faoliyatingizga tegishli bo‘lgan nazorat turlari saralangan holda ko‘rinadi.
* “Mening ma’lumotlarim” bo‘limi orqali o‘z
korxonangizga oid barcha bazaviy ma’lumotlarni kuzatib borasiz.
Ilovadan
foydalanish uchun:
1. Avval
govcontrol.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan
o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (https://www.youtube.com/watch?v=HLwTJL79Gvw)
2. Ilovani
yuklab olish: Qurilmangiz turiga qarab quyidagi havolalar orqali ilovani
o‘rnating:
App Store
(iOS) (https://apps.apple.com/uz/app/govcontrol-uz/id1630070272)
Google Play
(Android) (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bo.govcontroluz)
3. Saytda
yaratilgan login va parol yordamida mobil ilovadan to‘liq foydalanishingiz
mumkin.