5-Mart, 2026-yil

Biznes-ombudsman ishbilarmon ayollar bilan uchrashdi


Bugun, 5-mart kuni Biznes-ombudsman devonida «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbir avvalida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev yig‘ilganlarni va ular orqali yurtimizdagi barcha ishbilarmon ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.


Uchrashuvda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etilib, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.


Davra suhbati davomida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev va Assotsiatsiya raisi Gulnora Maxmudova tadbirkor ayollarni qiynayotgan tizimli muammolarni muhokama markaziga qo‘ydilar.


Soha vakillari o‘zlari duch kelayotgan real holatlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Biznes-ombudsmanga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.


Tadbir yakunida ayollar tadbirkorligi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi hamkorlik mexanizmlari belgilab olindi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение