4-Mart, 2026-yil

Brifing: Fermerlarning muammolari o‘rganilmoqda

 

Bugun, 4-mart kuni Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova fermer xo‘jaliklari huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berish borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlab brifing tashkil etdi.

 

Bahorgi dala ishlari boshlanishi arafasida sizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Biznes-ombudsman tomonidan maxsus bir oylik tadbir e’lon qilindi.

 

25-fevraldan 25-martgacha respublikamizning barcha hududlarida fermer xo‘jaliklari huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.

 

Bugungi kunga qadar hududlarda sholichilik, paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda fermerlarni qiynayotgan asosiy masalalar: noqonuniy qarorlar, asossiz soliq hisoblash, subsidiya ajratish, shartnomaviy munosabatlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilmoqda.

 

Raqamlarga e’tibor qaratsak:

2024–2025-yillarda Biznes-ombudsman devoni tomonidan fermer xo‘jaliklari manfaatida 500 dan ortiq ta’sir chora qo‘llanildi.

Xususan:

– 357 ta ma’muriy chora, – 145 ta xulosa, – 7 ta ogohnoma, – 3 ta da’vo ariza (shikoyat), – 2 ta taqdimnoma kiritildi.

Natijada 4 090 ta fermer xo‘jaligining huquqlari tiklandi.

Shuningdek:

– 2 928 ta ruxsat beruvchi hujjatlar qabul qilinishiga erishildi,

– 60 ta noqonuniy qaror bekor qilindi,

– 116 million so‘mlik mablag‘ undirildi,

– 712 million so‘mlik asossiz hisoblangan mablag‘ bekor qilindi,

– 357 nafar mansabdor shaxsga ma’muriy chora ko‘rildi,

– 3 nafar mas’ul shaxsga intizomiy chora qo‘llanildi.

 

Bu ko‘rsatkichlar Biznes-ombudsman tomonidan fermerlarning huquqlari doimiy ravishda himoya qilinib kelinayotganligini ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, fermerlik faoliyatidagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma o‘tkazmoqda:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdswWcCotMgLANjaFL464VRlLKrOjwJXUT3Mm9NElruwvqSTA/viewform?usp=dialog

 

Hurmatli fermerlar!

Sizning takliflaringiz soha rivoji yo‘lida ishlab chiqiladigan qonun hujjatlarida o‘z aksini topishi mumkin.

Shu bois, agar faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgan holatlar mavjud bo‘lsa yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, albatta Bizga murojaat qiling.

Taklif va muammolaringizni @biznesombudsman_bot orqali yuboring yoki 1100 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение