
Bugun, 4-mart
kuni Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova fermer
xo‘jaliklari huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berish borasida
olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlab brifing tashkil etdi.
Bahorgi
dala ishlari boshlanishi arafasida sizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Biznes-ombudsman tomonidan maxsus bir oylik tadbir e’lon qilindi.
25-fevraldan
25-martgacha respublikamizning barcha hududlarida fermer xo‘jaliklari
huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha keng ko‘lamli
ishlar olib boriladi.
Bugungi
kunga qadar hududlarda sholichilik, paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va
chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan
uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda fermerlarni qiynayotgan asosiy masalalar:
noqonuniy qarorlar, asossiz soliq hisoblash, subsidiya ajratish, shartnomaviy
munosabatlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilmoqda.
Raqamlarga
e’tibor qaratsak:
2024–2025-yillarda
Biznes-ombudsman devoni tomonidan fermer xo‘jaliklari manfaatida 500 dan ortiq
ta’sir chora qo‘llanildi.
Xususan:
– 357 ta
ma’muriy chora, – 145 ta xulosa, – 7 ta ogohnoma, – 3 ta da’vo ariza
(shikoyat), – 2 ta taqdimnoma kiritildi.
Natijada 4
090 ta fermer xo‘jaligining huquqlari tiklandi.
Shuningdek:
– 2 928 ta
ruxsat beruvchi hujjatlar qabul qilinishiga erishildi,
– 60 ta
noqonuniy qaror bekor qilindi,
– 116
million so‘mlik mablag‘ undirildi,
– 712
million so‘mlik asossiz hisoblangan mablag‘ bekor qilindi,
– 357 nafar
mansabdor shaxsga ma’muriy chora ko‘rildi,
– 3 nafar
mas’ul shaxsga intizomiy chora qo‘llanildi.
Bu
ko‘rsatkichlar Biznes-ombudsman tomonidan fermerlarning huquqlari doimiy
ravishda himoya qilinib kelinayotganligini ko‘rsatadi.
Shuningdek,
fermerlik faoliyatidagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma
o‘tkazmoqda:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdswWcCotMgLANjaFL464VRlLKrOjwJXUT3Mm9NElruwvqSTA/viewform?usp=dialog
Hurmatli
fermerlar!
Sizning takliflaringiz
soha rivoji yo‘lida ishlab chiqiladigan qonun hujjatlarida o‘z aksini topishi
mumkin.
Shu bois,
agar faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgan holatlar mavjud bo‘lsa yoki sohani
rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, albatta Bizga murojaat qiling.
Taklif va
muammolaringizni @biznesombudsman_bot orqali yuboring yoki 1100 qisqa raqamiga
qo‘ng‘iroq qiling.