21-Fevral, 2026-yil

Tadbirkorlar muammolari hududlar kesimida hal etilmoqda

Biznes-ombudsman devonining hududiy shu’balari tomonidan respublika bo‘ylab tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tizimli o‘rganish va uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

 

Navbatdagi tadbirlar Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

 

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida o‘tkazilgan qabulda 15 dan ortiq tadbirkorning murojaati tinglandi. Xususan, «S.O.» MChJning eksport kvotalari bilan bog‘liq masalasi ko‘rib chiqilib, vakolatli organlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 33 ta yer qa’ridan foydalanuvchi tadbirkor bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Unda resurslardan oqilona foydalanish va huquqiy himoya masalalari muhokama qilindi.

 

Surxondaryo viloyatida 20 nafar tadbirkor va fuqaro ishtirokida o‘tgan qabulda bir murojaat joyida hal etildi, yana bir tadbirkorga sudga da’vo arizasi tayyorlab berildi.

 

Sirdaryo siloyati Xovos tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etib, ularning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

 

Qashqadaryoning Mirishkor tumanida PF-229-sonli Farmon ijrosi doirasida 20 dan ortiq murojaatlar tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» belgilab olindi.

 

Toshkent shahar FVBBda davlat yong‘in nazorati inspektorlari ishtirokida Biznes-ombudsman taqdimnomasi muhokama qilindi. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarni javobgarlikka tortish va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

 

Xorazm viloyati San-Epid boshqarmasi xodimlari uchun PF-184 va PQ-374-sonli hujjatlar talablari asosida seminar tashkil etildi. Maqsad — tekshiruvlarni muvofiqlashtirish tartibiga qat’iy rioya qilish va asossiz aralashuvlarning oldini olishdir.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение