Biznes-ombudsman devonining hududiy shu’balari tomonidan respublika bo‘ylab tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tizimli o‘rganish va uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi
tadbirlar Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va
Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Navoiy
viloyatining Navbahor tumanida o‘tkazilgan qabulda 15 dan ortiq tadbirkorning
murojaati tinglandi. Xususan, «S.O.» MChJning eksport kvotalari bilan bog‘liq
masalasi ko‘rib chiqilib, vakolatli organlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand
viloyatining Nurobod tumanida 33 ta yer qa’ridan foydalanuvchi tadbirkor bilan sayyor
uchrashuv o‘tkazildi. Unda resurslardan oqilona foydalanish va huquqiy himoya
masalalari muhokama qilindi.

Surxondaryo
viloyatida 20 nafar tadbirkor va fuqaro ishtirokida o‘tgan qabulda bir murojaat
joyida hal etildi, yana bir tadbirkorga sudga da’vo arizasi tayyorlab berildi.

Sirdaryo
siloyati Xovos tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 nafarga yaqin tadbirkor ishtirok
etib, ularning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va ijrosi nazoratga
olindi.

Qashqadaryoning
Mirishkor tumanida PF-229-sonli Farmon ijrosi doirasida 20 dan ortiq
murojaatlar tinglanib, muammolarni hal etish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»
belgilab olindi.

Toshkent
shahar FVBBda davlat yong‘in nazorati inspektorlari ishtirokida
Biznes-ombudsman taqdimnomasi muhokama qilindi. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan
mas’ullarni javobgarlikka tortish va kamchiliklarni bartaraf etish choralari
ko‘rildi.

Xorazm
viloyati San-Epid boshqarmasi xodimlari uchun PF-184 va PQ-374-sonli hujjatlar
talablari asosida seminar tashkil etildi. Maqsad — tekshiruvlarni
muvofiqlashtirish tartibiga qat’iy rioya qilish va asossiz aralashuvlarning
oldini olishdir.