18-Fevral, 2026-yil

Samarqandda ishlab chiqarish korxonasiga zarur energiya topib berildi

 

Biznes-ombudsman tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar tadbirkorlarning muammolarini tez va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Ana shunday tadbirlarning birida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “K.S.V.” MChJ ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga ulash uchun texnik shart olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

 

Korxona ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 1300 kVt quvvatdagi elektr energiyasiga muhtoj bo‘lgan. Biroq hudud yaqinida bunday kuchlanishli tarmoqlar mavjud emasligi sababli, texnik shart berish ishlari to‘xtab qolgan edi.

 

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan soha mutaxassislari jalb etilib, muammoning eng maqbul yechimi sifatida “O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi “Pastdarg‘om” nimstansiyasi belgilandi.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida, “HET” Samarqand filiali tomonidan tadbirkorga elektr ta’minoti bo‘yicha texnik shart rasmiylashtirib berildi. Ushbu hujjat qisqa fursatda "O‘zbekiston MET" AJ bilan kelishildi.

 

Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga muvofiq, yuridik shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmatlar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение