11-Fevral, 2026-yil

Tadbirkorlarning o‘lchov vositalarini qiyoslashdagi muammolari hal etildi

 

Joriy yilning 20-yanvar kuni Namangan shahrida Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida tadbirkorlik subyektlarining o‘lchash vositalarini qiyoslovdan o‘tkazish bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi.

 

Xususan, Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlarida faoliyat yurituvchi 12 ta tadbirkorlik subyekti o‘zlariga tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalarini qiyoslovdan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoidalarga ko‘ra:

 

– Tadbirkorlar «E-metrologiya» axborot dasturi orqali elektron ariza yuborishlari lozim.

 

– Ijrochi 1 ish kuni ichida arizani ko‘rib chiqishi va shartnoma tuzishi (yoki rad etish sababini ko‘rsatishi) zarur.

 

– O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish davomiyligi odatda 10 ish kunidan oshmasligi kerak (qiyoslashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno).

 

Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va kiritilgan xulosa natijasida, «O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti» Davlat muassasasi Namangan filiali tomonidan yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlarining o‘lchov vositalari qiyoslovdan o‘tkazilishi hamda tegishli guvohnomalar taqdim etilishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение