Joriy
yilning 20-yanvar kuni Namangan shahrida Biznes-ombudsman devoni tomonidan
o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida tadbirkorlik subyektlarining o‘lchash
vositalarini qiyoslovdan o‘tkazish bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi.

Xususan,
Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlarida faoliyat yurituvchi 12 ta
tadbirkorlik subyekti o‘zlariga tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalarini
qiyoslovdan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Qoidalarga ko‘ra:
– Tadbirkorlar
«E-metrologiya» axborot dasturi orqali elektron ariza yuborishlari lozim.
– Ijrochi 1
ish kuni ichida arizani ko‘rib chiqishi va shartnoma tuzishi (yoki rad etish
sababini ko‘rsatishi) zarur.
– O‘lchash
vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish davomiyligi odatda 10 ish kunidan
oshmasligi kerak (qiyoslashdan o‘tkazish vaqtining normasi texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq
ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan o‘lchash vositalari bundan mustasno).

Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va kiritilgan xulosa natijasida, «O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti» Davlat muassasasi Namangan filiali tomonidan yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlarining o‘lchov vositalari qiyoslovdan o‘tkazilishi hamda tegishli guvohnomalar taqdim etilishi ta’minlandi.
