6-Fevral, 2026-yil

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi

“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–47-son, 05.02.2026 y.) qabul qilindi.  

 

Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy qilinadi:  

 

2027-yildan har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanadi:  

 

suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan sug‘oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda hisoblanadi;  

 

suv bilan barqaror ta’minlangan hududda joylashgan sug‘oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.  

 

2027-yildan sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismi hamda baliqchilik xo‘jaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlar o‘z mablag‘laridan “aqlli” suv o‘lchash va hisoblash vositalarini o‘rnatishi majburiy etib belgilanadi.  

 

 Bunda “aqlli” suv o‘lchash va hisoblash vositalari o‘rnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishda ta’minotchi korxonalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarning nasos va filtr qurilmalarini raqamli QR-kodli maxsus yorliqlangan belgi ostida ishlab chiqarish va sun’iy yo‘ldosh kuzatuv tizimi (GPS treker)ni o‘rnatish tartibi joriy etiladi.

 

2026-yil 1-oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va me’yorlar asosida amalga oshiriladi.

 

2026-yil 1-oktyabrdan suv tejovchi texnologiyalarni bank kreditlarini olmasdan o‘z mablag‘lari hisobidan joriy qiladigan tashabbuskorlarga subsidiya ajratishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

 

loyiha tashabbuskori tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun qo‘yiladigan minimal talab va me’yorlar doirasida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

 

ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ta’minotchi korxona bilan tuzilgan shartnoma, ushbu texnologiyalar uchun belgilangan tartibda hisob-kitob qilingan subsidiyaning 50 foizini Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan oldindan ajratishga asos bo‘ladi;

 

suv tejovchi texnologiyalar loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq o‘rnatilib, foydalanishga topshirilganidan so‘ng hisob-kitob qilingan subsidiya mablag‘larining qolgan 50 foizi loyiha tashabbuskoriga to‘lab beriladi;

 

subsidiyaning dastlabki 50 foizi to‘lab berilganidan so‘ng ikki oy muddat ichida texnologiyalar o‘rnatilib ishga tushirilmaganda, ajratilgan subsidiyalar belgilangan tartibda qaytariladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение